O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon ijrosi doirasida “Adolat” SDPdan saylangan tuman Kengashi deputati — Kotibiyat mudiri M.Urazbayev tomonidan hududdagi mavjud holat o‘rganilib, aholi, xususan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.