Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganish #162_qonun #24_masala #Nogironligi_bo‘lgan_shaxslar

#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganish #162_qonun #24_masala #Nogironligi_bo‘lgan_shaxslar

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-«Gilambop» saylov okrugi deputati R. Mavlonova profilaktika inspektori bilan hamkorlikda navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida tuman prokurorining 2026-yil III choragi davomida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotida belgilangan vazifalar ijrosi, hududlarda jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va ehtiyojlar o‘rganildi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 405-son qarori ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Maqsad — hududda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

Slide 1 of 1