Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#Doimiy_komissiya_yigilishi

🏛 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish, korrupsiyaning oldini olish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🗂 Kun tartibiga muvofiq, quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 1. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil III choragi davomida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
🔹 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari S. Boltayevning 2026-yilning 9 oyi davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash yuzasidan axboroti.
🔹 3. Yangiariq tumani hokimligida “Edo.ijro.uz” elektron hujjat almashinuvi tizimi orqali nazoratga olingan xatlar va murojaatlarning 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha ijro holati.
🔹 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish masalalari.
⚖️ Muhokamalar davomida mas’ul tashkilotlar faoliyati, belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolarining munosabatlari tinglanib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝 Asosiy maqsad — tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish orqali fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdir.
©️ Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi kotibiyati
#Yangiariq #XalqDeputatlariKengashi #DoimiyKomissiya #KorrupsiyagaQarshiKurash #JamoatXavfsizligi #IjroIntizomi

Slide 1 of 3