Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida

🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati M. Ochilov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamkorligida Qovchin mahallasi hududida joylashgan 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🇺🇿O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, o‘quvchilar uchun munosib va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish, bino va xonalarning mavsumga tayyorligi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilot tomonidan zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F. Toyirovga deputat so‘rovi yuborildi.
🇺🇿Deputatlar tomonidan mazkur masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi va aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi nazoratga olindi.
Asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash hamda bu boradagi mas’ullar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdir.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2