🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Chibirg‘on ota” ziyoratgohida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari o‘rganildi.
🔤O‘rganish davomida madaniy meros obyektining bugungi holati, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda ziyoratchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Tarixiy va muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularni obod etish va kelajak avlodga munosib holda yetkazish muhim vazifalardan biridir.
🔤Deputatlik nazorati doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishi, hududning ko‘rkam qiyofasini ta’minlash hamda ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
🔤Obod ziyoratgoh — tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat ifodasidir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt