Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JAMOAT XAVFSIZLIGI VA TEXNIK MUHOFAZA TIZIMLARI HOLATI KO‘RIB CHIQILDI

IG‘ILISHI: JAMOAT XAVFSIZLIGI VA TEXNIK MUHOFAZA TIZIMLARI HOLATI KO‘RIB CHIQILDI

DOIMIY KOMISSIYA Y

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shaharda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish hamda zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida 2 237 ta ommaviy tadbirda jamoat tartibini saqlash choralari ko‘rilgan, ilgari ochilmay qolgan 132 ta jinoyat fosh etilgan va qidiruvda bo‘lgan 

155 nafar shaxs ushlangan.

Shuningdek, mahallalar va aholi yashash hududlarida videokuzatuv kameralari, yuz va transport vositalari davlat raqamlarini aniqlash tizimlari, domofonlar, xavotir tugmalari hamda boshqa texnik xavfsizlik vositalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan. 

Yig‘ilishda ushbu vositalarning doimiy ishlashini ta’minlash, nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ulardan jinoyatchilikning oldini olishda samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Doimiy komissiya tomonidan jamoat xavfsizligini mustahkamlash, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda texnik muhofaza vositalaridan foydalanish samaradorligini deputatlik nazorati asosida o‘rganib borish muhimligi ta’kidlandi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Slide 1 of 6