Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
3-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT)ning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, qozonxonalarning mavsumga tayyorligi hamda ko‘mir zaxirasi bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida issiqlik ta’minotining qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud qozonxonalar kuz-qish mavsumida foydalanish uchun shay holatga keltirilgan. Muassasa ehtiyoji uchun jami 58 tonna ko‘mir buyurtma qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar uning 10 tonnasi yetkazib berilgan va zaxiraga jamg‘arilgan.

O‘rganishdan asosiy maqsad — sovuq mavsumda muassasada barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, tarbiyalanuvchilar hamda xodimlar uchun munosib sharoit yaratish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini nаzorat qilishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8