Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Axmedova tomonidan navbatdagi sessiya oldidan tuman Ichki ishlar bo‘limining har chorak yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida Chinmaschit va Dehqonobod mahallalarida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari Sarvar Bo‘tayev hamda Sardor Abduvaliyevlarning xizmat faoliyati, aholi bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligi tahlil qilindi.
📊 Aniqlangan holatlar:
🔹 Chinmaschit mahallasi — jami 3 507 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 1 782 nafari xotin-qizlar. O‘tgan yili voyaga yetmagan ikki nafar shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgani sababli mahalla «sariq» toifadagi hududlar qatoriga kiritilgan. Mahallada probatsiya hisobidagi uch nafar fuqaro bilan individual profilaktik ishlar olib borilmoqda.
🔹 Dehqonobod mahallasi — jami 1 549 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 834 nafari xotin-qizlar, 370 nafari esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Mahallada bir nafar fuqaro probatsiya hisobida turishi, shuningdek, diniy oqimlarga mansub ikki nafar fuqaro mavjudligi qayd etildi.
⚠️ O‘rganish jarayonida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ota-onalar mas’uliyatini oshirish hamda ijtimoiy xavf omillarini barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, probatsiya hisobidagi fuqarolarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, bandligiga ko‘maklashish va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, manzilli «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda profilaktika inspektorlarining mas’uliyatini yanada oshirish zarurligi qayd etildi.
📌 Mazkur o‘rganish natijalari tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining navbatdagi sessiyada tinglanadigan hisoboti yuzasidan taklif va xulosalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3