35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Kokildorota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam tahlil qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Kokildorota” mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining faoliyatini tahlil qildilar.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida baho berildi.

Mas’ullar tomonidan mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish bilangina cheklanmasdan, ularning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlash orqali yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — hududdagi qonuniylik, xavfsizlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalarini doimiy nazoratda tutadi.