35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 12-Zarafshon saylov okrugiga qarashli “Zarafshon” mahallasi hududida joylashgan Navoiy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 29-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala, ya’ni Navoiy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi  tomonidan ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

⚖️ Murojaatlar bilan ishlash holati O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqildi.

📑 Shuningdek, ijro intizomini ta’minlash, topshiriq va hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi, ularni nazoratga olish hamda ijro holatini monitoring qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda o‘rganildi.

💬 O‘rganish jarayonida murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish va ro‘yxatga olish, ularni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, murojaat mualliflariga asoslantirilgan javoblar berish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, masalani xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 29-sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash belgilandi.

Slide 1 of 4