Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 4-Eskijuma saylov okrugi deputati Ibrohim Urunov tomonidan tumandagi ijtimoiy dorixonada ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklari mavjud fuqarolarni shifokor retsepti asosida bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida dori vositalarining mavjudligi, sifati, saqlanish sharoitlari, mavjud zaxiralar hamda fuqarolarga belgilangan tartibda o‘z vaqtida yetkazib berilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Fuqarolarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.