35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
HAR SESHANBA— DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

 HAR SESHANBA— DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi uchun har hafta seshanba kuni deputatlik nazorati va amaliy faoliyat kuni sifatida tashkil etilmoqda.
📌 Shu kuni doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi:
🔹 #24_ta_masala — deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning ijrosi o‘rganiladi;
🔹 #Biriktirilgan_tashkilotlar_bilan_hamkorlik — deputatlarga biriktirilgan tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari o‘rganiladi;
🔹 #162_ta_qonun — qonun hujjatlarining hududdagi ijrosi va ularning amaliyotga tatbiq etilishi deputatlar tomonidan nazorat qilinadi;
🔹 #Sessiya_kun_tartibi — navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib boriladi;
🔹 #Deputat_daftari — deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan uchrashuvlar, murojaatlar va aniqlangan muammolar muntazam qayd etib boriladi.
🏛 Bundan tashqari, har hafta doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘rganishlar natijalari, aniqlangan muammolar, deputatlik so‘rovlari hamda hududni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinadi.
📱 Komissiya a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriladi. Bu orqali deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.
🎯 Maqsad — deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish.
Har payshanba — o‘rganish, nazorat, muloqot va amaliy natija kuni!