35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Kotib

Deputat tomonidan Sayram saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov saylov okrugidagi "Sayram" va "Bo‘z" mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan o‘zaro suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda deputat aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan "mahalla yettiligi" bilan suhbatlashildi.

O‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilma obyektlarining holati hamda ijtimoiy sohadagi mavjud masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5