35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
🦽 Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi.

🦽 Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari O’rta Chirchiq tuman Kengashining 15-“O‘zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat Radjapov Shuxrat Payg‘ambarivich hamda “14-Kuchlik” saylov okrugidan saylangan deputat Nasrullayev Nurbek Baxtiyarovichlar tomonidan deputatlik nazorati doirasida O’rta Chirchiq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
👨‍🦯‍➡️O‘rganish jarayonida nogironligi mavjud shaxslarga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amaliyotda qo‘llanilishi, ularning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligi yuzasidan e’tibor qaratildi.

👨🏼‍🦽Shuningdek, markazning murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimi bilan suhbat o‘tkazilib, nogironligi mavjud fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish tartibi yuzasidan ma’lumotlar olindi. Suhbat davomida 2026-yilning uchinchi choragida fuqaroga sihatgoxlarga yo‘llanma berilganligi.

🟢O‘rganish jarayonida deputat tomonidan nogironligi mavjud shaxslarga berilgan imtiyozlar va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan quyidagi savollar berildi:

🟢Nogironligi mavjud shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish huquqlarini tushuntirish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari qanday tashkil etilgan?

🟢Nogironligi mavjud shaxslarning sihatgoxlarga yo‘llanma, reabilitatsiya vositalari va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishida qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlarning to‘liq ta’minlanishi qanday nazorat qilinmoqda?

🟢Berilgan savollar yuzasidan mas’ul xodim tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, markaz tomonidan nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🟩O‘rganish yakunida nogironligi mavjud shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan to‘laqonli foydalanishini ta’minlash, shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4