35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna Botirma mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda oilaviy masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan aholi bilan individual ishlash, muammoli oilalarni o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyat samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2