Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Yangi Chorsu" saylov okrugi tarkibidagi "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha shahar IIB boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mahalla profilaktika inspektori I.Azimov, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla kengashi a’zolari ishtirok etib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil qildilar.

Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, tungi profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda "xavfsiz mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla hududida zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, mavjud kuzatuv tizimlarini kengaytirish, ko‘chalar va jamoat joylarida xavfsizlik infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida shahar IIB boshlig‘ining 2026-yil 6 oylik hisobotini ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3