Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-"Baynalminal" saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich o‘zining saylov okrugi hududidagi “At-Termiziy” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat joriy yilning bugungi kuniga qadar amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, saylovoldi dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berdi.

Dastlab, tuman Kengashi raisi sifatida amalga oshirilayotgan tashkiliy va nazorat faoliyati, Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar, doimiy komissiyalar faoliyati hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 2026-yil 26-iyun kuni o‘tkazilgan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga oid muhim masalalar ko‘rib chiqilgani va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati saylovchilarga tushuntirib berildi.

Shuningdek, hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ichimlik suvi, elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va erishilgan natijalar alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga deputat tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil javoblar berildi, ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 2