35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot: muammolar va takliflar o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Bekobod tumani 23-Chanoq saylov okrugi deputati J. Shaxmayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov tomonidan navbatdagi 30-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan "Yangi hayot" MFY aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman Ichki ishlar bo`limi boshlig‘i hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tayyorgarlik jarayonlari doirasida aholi fikr va takliflari o‘rganildi.

Muloqot chog‘ida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, hududdagi mavjud masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.

📌 Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 4