35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
KELGUSIDAGI USTUVOR VAZIFALAR

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududda qonuniylikni ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda joylarda mavjud muammolarni tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida deputatlik nazorati mexanizmlarini yanada takomillashtirish, saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqotlarni kengaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilanadi.

Kengash faoliyatida qabul qilinayotgan qarorlar va deputat so‘rovlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni kengaytirish hamda saylovchilar murojaatlarini samarali hal etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, hududlarda infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolarni bartaraf etish, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda nazorat-tahlil ishlarini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘ladi.

Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga tezkor axborot yetkazish, “E-Kengash” axborot tizimidan samarali foydalanish hamda raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish muhim yo‘nalish sifatida belgilanadi.

Bundan tashqari, aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda daromadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytiriladi.

Slide 1 of 1