Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #haftalik_ish_reja_ijrosi


Hamdo'st mahallasida fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash holati deputatlik nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "23-Haqiqat" saylov okrugi deputati Xaydarov Artur Mixaylovich tashabbusi bilan Hamdoʻst mahallasida deputatlik nazorati doirasida mahalla yettiligi faoliyati tahlil qilindi.

📈 Monitoring davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya hamda yoshlar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar deputatlarning 24 talik tavsiyalari asosida baholandi. Mahalla hududida 20 ta koʻp qavatli uy va 72 ta hovli mavjud boʻlib, ularda 2 043 ta oila va jami 4 538 nafar fuqaro istiqomat qilishi maʼlum qilindi.

📊 Tahlil jarayonida "Yoshlar daftari" boʻyicha xorijda boʻlib turgan 6 nafar yosh bilan individual ishlash yoʻlga qoʻyilgani, ularning aksariyati Rossiya, AQSH va Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgani qayd etildi.

📇 Shuningdek, Ijtimoiy reyestrda 40 nafar fuqaro roʻyxatga olingani, shundan 14 nafari davlat taʼminotida, 8 nafari kam taʼminlangan oilalar toifasida, qolgan fuqarolar esa kambagʻallikdan chiqarish dasturlari bilan qamrab olingani maʼlum qilindi.

📂 Nazorat davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmatlar koʻrsatish sifati, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–415-son "Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida"gi Qonuni talablari asosida tahlil qilindi.

💼 Nazorat tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi. Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5