Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning ijtimoiy xodimi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Kengashning 13 – 17-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning ijtimoiy xodimi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Ushbu o‘rganish jarayonlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev va S.Meliqo‘ziyevlar deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasining ijtimoiy xodimi M.Mastonova tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlari sarhisobi ko‘zdan kechirildi.

Bunda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
-aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati;
-aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy-nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati;
-bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati;
-nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.

So‘ngra o‘rganish yakunida “Boboshbek” mahallasining ijtimoiy xodimiga yuqoridagi masalalar yuzasidan ushbu sohaga doir Qonun va qonunosti hamda Prezident hujjatlari va topshiriqlarining mazmun mohiyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirib o‘tildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 9