Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Ehtiyojmand oilalar xonadonlarida qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.

Mazkur masalani puxta o‘rganish maqsadida deputatlar va Kengash kotibiyati mas’ullari mahallalarda bo‘lib, xonadonlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rganmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati hamda 4-saylov okrugi deputati D. To‘ychiyeva tomonidan Yangiqishloq MFYning Gulobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Safarova Xadichaning xonadonida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ishlarning sifati, energiya tejamkorlik talablari asosida olib borilishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.

Slide 1 of 4