Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumandagi ehtiyojmand oilalar yashayotgan xonadonlarni energiya tejamkor qilib ta’mirlash hamda ushbu maqsadlar uchun mahalliy budjet mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida energiya samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, energiya resurslari sarfini kamaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Komissiya a’zolari tomonidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni tanlashda shaffoflikka rioya etish hamda amalga oshiriladigan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6