Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati ommaviy axborot vositalari, matbuot anjumanlari, jamoat tadbirlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida yuksak siyosiy madaniyat va deputatlik odobiga qat'iy rioya etishi lozim.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalariga muvofiq, deputat:

Kengash, o‘zini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya hamda partiya guruhining obro‘-e'tiboriga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi;

O‘zining xulqi va muomalasi bilan jamoatchilik ishonchini mustahkamlashi, asosli va konstruktiv tanqidni to‘g‘ri qabul qilishi;

Davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar faoliyatiga oid e'tirozlarini faqat ishonchli dalillar va aniq faktlarga asoslangan holda bayon etishi;

Tekshirilmagan, asossiz yoki yolg‘on ma'lumotlarni tarqatmasligi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma'lumotlarni e'lon qilmasligi;

Fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq me'yorlariga amal qilishi, haqoratli iboralar, asossiz ayblovlar va qonunga xilof harakatlarga undovchi fikrlardan tiyilishi;

Bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotdan foydalanmasligi shart.

Shuningdek, deputat sud tizimi va sudyalar faoliyati yuzasidan fikr bildirayotganda sud hokimiyatining mustaqilligi va xolisligiga putur yetkazmasligi, tanqid faqat aniq dalillarga asoslangan bo‘lishi hamda sudga hurmatsizlikni ifoda etmasligi lozim.

Agar deputatning ommaviy chiqishlari natijasida fuqaro yoki yuridik shaxsning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazilgan bo‘lsa, u o‘z xatosini oshkora tan olishi hamda belgilangan tartibda uzr so‘rashi kerak.

Bundan tashqari, deputat boshqa deputatlarning kasbiy yoki shaxsiy fazilatlarini asossiz ravishda shubha ostiga qo‘ymasligi hamda faqat qonunchilikda belgilangan hollardagina Kengash nomidan rasmiy bayonot berishi mumkin.

⚖Deputatning har bir ommaviy chiqishi mas'uliyat, xolislik, qonuniylik va yuksak odob-axloq tamoyillariga asoslanishi xalq ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir.