Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
“Madad” NNT bilan hamkorlikda fuqorolar qabuli

#Kengash_raisi_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik

“Madad” NNT bilan hamkorlikda fuqorolar qabuli

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritayotgan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaat va takliflari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Qabul yakunida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3