Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
Aholini qiynayotgan masala joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich o‘zi saylangan “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugi hududida aholi murojaati asosida o‘rganish olib bordi.

💧 O‘rganish davomida Bobur ko‘chasi aholisining tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minotidagi muammolari joyida ko‘zdan kechirildi.

👥 Masalani ijobiy hal etish maqsadida Taxiatosh tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari o‘rinbosari D.Allamuratov o‘rganish joyiga taklif etildi. Mavjud vaziyat muhokama qilinib, tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv yetkazib berishni yaxshilash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

⚡️ Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladigan bo‘ldi.

Slide 1 of 2