Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
Kotib

Mamlakatimizda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda ularga tutash hududlarni obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna okrugi hududidagi boshqaruv servis kompaniyalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” va hududdagi boshqaruv servis kompaniyalari vakillari ishtirok etdi va unda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda aholi e’tirozlariga sabab bo‘lgan bir qator muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbatlar jarayonida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga qay darajada tez javob berilishi, muammolar yuzasidan murojaatlarning hal etilishi hamda kuz-qish fasliga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida boshqaruv kompaniyalari tomonidan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ularning zarur salohiyat, asbob-anjom va mutaxassislar bilan ta’minlanishiga alohida e’tiborni qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2