35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 19-dekabrdagi VII-18-130-9-123-K/25-sonli qaroriga muvofiq, tumanning mahalliy budjeti daromadlari 2025-yil II–III choraklarda rejadan ortiq bajarilgani hisobidan "Olmazor" mahallasi hududida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish maqsadida 450,0 (to‘rt yuz ellik) million so‘m mablag‘ tuman hokimligiga ajratilgan.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Amanlikov, kotibiyat mudiri X. Berdiyarova, bosh mutaxassis A. Sharopov hamda viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK mas’ullari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mazkur loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7