35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi deputati Gulzoda Xudoyarovaning deputatlik so'roviga javoban tuman Obodonlashtirish boshqarmasining o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi Furqat ko‘chasining 400 metr qismi asfaltlanmaganligi sababli yog‘ingarchilik mavsumida aholi va transport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Furqat ko‘chasi boshqarma tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilgi Manzilli ro‘yxatga kiritildi. Ayni paytda tegishli dastur asosida mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Moliyalashtirish jarayoni yakunlangach, ko‘chada to‘liq asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Hududdagi ichki yo‘llarni yaxshilash va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish ishlari deputat nazoratiga olingan.