Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi”ni faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan oʻzi saylangan okrugdagi “Novdak” MFYda o‘rganishlar olib borildi. Uchrashuv davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan hududda yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida ijtimoiy loyihalar doirasida 25 ta kam ta`minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak yetkazib berilgani, 2 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlanganligi va 2 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplash yordami ko‘rsatilgani qayd etildi. Tadbir yakunida MFY raisi tomonidan mahalla hududida yangi elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan bildirilgan taklif muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish orqali uni doimiy nazoratga olish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4