Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xalq bilan ochiq muloqot qilish, ijtimoiy soha obʼektlari, tadbirkorlik subʼektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida hududlarda uchrashuvlar oʼtkazmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xalq bilan ochiq muloqot qilish, ijtimoiy soha obʼektlari, tadbirkorlik subʼektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida hududlarda uchrashuvlar oʼtkazmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker oʼrinbosari, OʼzLiDeP fraktsiyasi rahbari Аktam Xaitov Navoiy viloyati Navoiy viloyatida boʼlib, saylovchilar bilan muloqotda qildi va hududdagi sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Uchrashuv davomida Аktam Xaitov Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar, jumladan, yer uchastkalariga boʼlgan mulk va ijara huquqini eʼtirof etishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirdi. Mazkur qonun bilan oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʼlgan huquqlarni eʼtirof etishning aniq tartibi belgilanayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 aprelь kuni imzolangan “Yoqilgʼi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan dolzarb vazifalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan selektor yigʼilishlarida hamda tashriflari davomida hududlarni ijtimoiy-istisodiy rivojlantirish borasida belgilab berilayotgan vazifalar ijrosini taʼminlashda yanada faollik talab qilinishi, fuqarolar bilan doimiy muloqotda boʼlishi, muammo va takliflarini tegishli tashkilotlar orqali hal qilib borish lozimligi taʼkidlab oʼtildi.

Uchrashuv davomida deputatlarning ham takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.

Slide 1 of 6