Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.
янв.20
Insonparvar  yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
янв.20
XOTIRA VA QADRLASH MUQADDAS TUYG‘U!
янв.20
"Kumush tola"
MIROBOD TUMANIDA OKSANA CHUSOVITINA SPORT MAKTABI O’QUVCHILARIGA PREZIDENT SOVG‘ALARINI TOPSHIRDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirobod tumanida qad rostlagan Oksana Chusovitina ixtisoslashtirilgan gimnastika sport maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlarni va mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirgan edi. 

Muassasa milliy terma jamoalar uchun xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash, yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etib, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish, murabbiylar va gimnastikachilar mahoratini muntazam oshirib borishga yo‘naltirilgan. 

“Gimnastika – hamma sport turlarining asosi. Futbolchi ham, bokschi ham, sog‘lom bo‘laman degan inson ham gimnastika qilishi kerak. Iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarga ta’lim berish bilan birga ularni sport bilan shug‘ullantirolsak, yurtimizda sog‘lom zurriyod, sog‘lom millat bo‘ladi”, – deb ta’kidlagandi uchrashuv davomida Prezident. 

Mirobod tuman hokimi va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari birgalikda Oksana Chusovitinani Respublikada gimnastikachilar uchun yagona o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘lgan ushbu sport maktabi ochilishi bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston faxri bo‘lgan afsonaviy gimnastikachi izdoshlariga Prezident sovg‘alari – zamonaviy planshetlarni topshirdi. 

Slide 1 of 7