35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa
янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining VII-chaqiriq, 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida 2025-yil 3-choragi davomida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi S.Nosirovaning hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son hamda 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan tuman prokurori B.Usmonov va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Artikovlarning axboroti va hisoboti, Bo‘ston tumanida ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Norboyevning hisoboti hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari to‘g‘risidagi va boshqa masalalar muhokama etildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 19