Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.
21-Taraqiyyot saylov okurugida saylangan deputat A.Mamadiyev, SEO va JS markazi xodimlari ishtirokida Ibni Sino OSHP, umum'talim va maktabgacha ta'lim muassasalarida gepatit kasalligini oldini olish boʻyicha ishlar olib borildi

      21-Taraqiyyot saylov okurugida saylangan deputat A.Mamadiyev, tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i A.Pardaqulov hamda tuman tibbiyot birlashmasi Ambulator polikilinika xizmati bo'yicha o'rinbosari I.Urinovlar ishtirokida mahallada joylashgan Ibni Sino OSHP, umum'talim va maktabgacha ta'lim muassasalarida gepatit kasalligini oldini olish boʻyicha targ'ibot ishlari olib borildi.

      Virusli gepatit A – bu o‘tkir yuqumli jigar kasalligi bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi gepatit A virusi hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab har yili o‘n millionga yaqin odam ushbu kasallikka chalinadi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar boshqalarga nisbatan ko‘proq kasallanadi. Ushbu asosan yoz va kuz oylarida avj oladigan kasallik hisoblanib kelib chiqish sabablari esa aholi sifatli ichimlik suv bilan yaxshi ta’minlanmagan, sanitariya – gigiyena sharoiti nochor bo‘lgan hududlarda kuzatiladi. Shu bilan birgalikda, bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda o‘zaro muloqot jarayonida gepatit A kasalligini yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

      «Hozirgi kunda bizda Virusli gepatitlarning A, B, C, D, Y turlari aniqlangan. Shulardan bittasi verusli gepatit A hisoblanadi. Virusli gepatit A tibik ichak o‘tik infeksiyalari turiga kirib, bugungi kunda bolalar orasida, asosan, sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya qilmaganligi sababli ko‘p uchrayotganligi tushintirilib utildi.

Slide 1 of 3