Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.
Bekobod shahrida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

        Bekobod shahar hokimligi va Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati tashabbusi bilan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Davlat va jamoat tashkilotlarida rasmiy ish hujjatlarining yuritilishi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda shahar hokimligi vakillari, shahar kengashi deputatlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, shuningdek, ta’lim muassasalari rahbar hamda xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida Markaz vakili A.To‘ychiyev, shahar kengashi kotibiyati mudiri X. Ibragimova, hokim o‘rinbosari A.To‘raqulova, deputat U.Abdunazarov va hokimning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G. Mirzaaxmedovalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashchilar e’tiborini qozondi.

Seminar yakunida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bir guruh xodimlarga malaka sertifikatlari, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Slide 1 of 3