35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi
янв.21
🔔📢 XUSHXABAR! MUHIM YUTUQ!
янв.21
Mahalliy Kengash deputati Norqulova Ozoda hudud infratuzilmasini o‘rgandi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!
янв.20
Яна бир муаммо ижобий ҳал этилди.
янв.20
Аҳолининг ижтимоий муаммолари, ҳудуд депутати ва сектор раҳбарлари эътиборида
янв.20
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
Bekobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII-chaqiriq navbatdagi 17-sessiyasida bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Imamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoni ijrosi hamda 2025-yilga mo‘ljallangan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi rahbari M.Fazilov 2025-yilning yanvar-avgust oylarida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Sessiyada 2025-yil 28-apreldagi qarorga o‘zgartirishlar kiritish, tuman byudjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish, “Zarbdor tajribasi” asosidagi drayver loyihalarni tasdiqlash hamda “Ochiq byudjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar yuzasidan G.Risqulova hamda M.Turdimatova tegishli axborotlar bilan ishtirok etdi. Sessiyada Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zolari ham faol qatnashdi.

Slide 1 of 7