DEPUTAT NAZORATI: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
Xalq deputatlari Tuman Kengashi deputati Seydabdullayeva Fotima hududdagi 7-sonli umumtaʼlim maktabining 2026-2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini joyiga chiqqan holda oʻrgandi.
Oʻrganish davomida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratildi:
Maktabning isitish tizimi va qozonxonalarning sozligi
Bino oynalari hamda issiqlik saqlash tizimining holati
Oʻquv xonalarida harorat meʼyorlariga rioya etilishi hamda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar
Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish hamda mavsumni bexatar va betolafot oʻtkazish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.