Yangiliklar

UCHRASHUV

UCHRASHUV

Tumandagi 20-maktabda "Moʻtabar ayol" ko‘krak nishoni sohibalari –xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Mubina Kamolova, Zebiniso Sharipova va Janagul Bulekbayeva hamda "Ibratli oila" ko‘krak nishoni sohibasi Mohigul O‘rolova maktab jamoasi bilan uchrashib, davra suhbati o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida ular o‘z hayot yo‘llari, mehnat faoliyatlari va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalari haqida fikr almashib, yoshlarga ibratli maslahatlar berdilar. Shuningdek, suhbat davomida oila mustahkamligi, ayollik baxti, oilaviy totuvlik va vatanparvarlik kabi muhim mavzular muhokama qilindi. Tadbir yoshlar uchun nafaqat iliq uchrashuv, balki hayot saboqlaridan bahramand bo‘lish imkoniyati ham bo‘ldi.

Slide 1 of 7