Olmazor tumani Xalq deputatlar kengashi deputati U. Fayziyeva tashabbusi bilan "Bo'stonobod" okrugi hududidagi 432-Maktabgacha ta'lim muassasasi (MTM), 233-maktab va "Muza" qandolat fabrikasida sayyor uchrashuvlar tashkil etildi.Uchrashuvlar davomida deputat U. Fayziyeva "Muza" qandolat fabrikasining ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, "Non va non mahsulotlari" do'konlari ochilishi oldidan ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi va tegishli kelishuvlarga erishildi.