Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Otaxonovna Seydabdullayeva tomonidan tumandagi harbiy qismlardan birida “Qonun ijrosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
💬 Unda harbiy qism zobit va jangchilari ishtirokida 2001-yil 11-mayda yangi tahrirda qabul qilingan 211-II-son “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida harbiy xizmatchilar, ijro organlari hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, qonun talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Qonun ustuvorligi — tinchlik va barqarorlik garovidir.