Urganch Davlat Pedagogika institutida talabalari ishtirokida "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda O'zbekiston Milliy tiklanish partiyasi Xorazm viloyat kengashi raisi o'rinbosari M.Bobojanova va tuman deputati D.Tajimuratovalar ishtirok qilib, partiyaning bugungi kundagi faoliyati, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohatlar va qonunchilikdagi yangiliklar hamda ularga ta’lim olish uchun berilayotgan imtiyozlar haqida gapirdi.
Davra suhbatida talabalar o'zlari uchun zarur ma'lumotlarga ega bo’ldilar.