Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 14-Munavvarqori okrugi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Alisher Tillayev “Munavvarqori” mahallasi 9-may ko‘chasi aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani “TumanNur” korxonasi rahbariga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda, “Munavvarqori” mahallasi 9-may ko‘chasidagi ustun (stolb)larga tungi yoritish moslamalarini o‘rnatishda amaliy yordam so‘ralgan.