35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Huquqiy ma'lumot

#162_ta_qonun

🏛 «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonun (yangi tahriri) (21.12.1995-y., № 167-I)
Davlat tili — bu milliy o‘zligimiz, mustaqilligimiz va ma'naviyatimizning asosiy ramzlaridan biridir. Ushbu qonunga ko‘ra asosiy qoidalarni eslab o‘tamiz:

🔹 O‘zbek tilining maqomi: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

🔹 Boshqa tillarga hurmat: Davlat tiliga maqom berilishi Respublika hududida yashovchi boshqa millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llash huquqlarini cheklamaydi.

🔹 Ish yuritish va hujjatlar:
Davlat organlari, tashkilotlar va muassasalarda ish yuritish, rasmiatchilik davlat tilida olib boriladi.
Qonunlar va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar davlat tilida qabul qilinadi.

🔹 Ta'lim va fan:
Har bir fuqaroga davlat tilini o‘rganish uchun sharoit yaratiladi.
O‘zbekistonda ta'lim davlat tilida hamda boshqa tillarda olib borilishi kafolatlanadi.

🔹 Peshlavhalar va reklama:
Tashqi yozuvlar, peshlavhalar, e'lonlar va reklamalar davlat tilida rasmiylashtiriladi (zarur hollarda boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin).

⚖️ Xulosa: Davlat tilini bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — har bir fuqaroning burchidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1