Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sovot QFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi jinoyatchilik holati, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida Profilaktik inspektori tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muammoli va profilaktik nazoratga muhtoj shaxslar bilan individual ishlash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash, oilaviy va ijtimoiy muammolarni manzilli o‘rganish hamda fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahalla faollari, profilaktika inspektori va tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Muhokama yakunida jinoyatchilikka qarshi kurashishning samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va hududda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.