O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zarafobod tumani Kengashining 11-«Do‘stlik» saylov okrugi deputati X. Ismatov Yorqin mahallasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
Mahallada Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Umarov Maxmarasul Dusmatovich ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, aholining murojaatlari tinglanmoqda.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammo va takliflar o‘rganilib, ularni joyida hal etish hamda tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.
Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash ishlari deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.