O‘rganish davomida mahalladagi ichki ko‘chalarning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Jumladan, mahallaning “Porloq yo‘l” ko‘chasiga tosh yotqizish bo‘yicha taklif ilgari surildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.
Fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.