35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan Shodlik mahallasi Gulshan ko‘chasida amalga oshirilayotgan shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chada olib borilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mas’ul tashkilot vakillariga shag‘allashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4