35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahalla yettiligi bilan uchrashuv


Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Medetova Asiya Nizamatdinovnaning topshirig‘iga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Aymbetov “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda “Xalqlar do‘stligi” MFY mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy obyektlar va bolalar maydonchalarining holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha takliflar bildirildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, deputatga taqdim etiladi.

Slide 1 of 2