35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylarning fasad va balkonlari nazoratdan o‘tkazildi

Aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uylarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash hamda ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash — bugungi kunning muhim vazifalaridan.

Shu maqsadda, xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Medetova Asiya Nizamatdinovnaning topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Aymbetov “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda “Xalqlar do‘stligi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari hamda balkonlarini ta’mirlash jarayonini nazorat qildi.

📌 Nazorat davomida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, deputatga taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 3