Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich tumandagi yangi barpo etilayotgan “Kreativ park” hududida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida park hududidagi:
🔹 sug‘oriladigan yer maydonlari;
🔹 tungi yoritish chiroqlari va yoritish tizimi;
🔹 qurilayotgan savdo shoxobchalari;
🔹 xizmat ko‘rsatish obyektlari;
🔹 umumiy ovqatlanish maskanlari;
🔹 boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan yer maydonlari
ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganish jarayonida hududdan samarali foydalanish, obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🏙 “Kreativ park” — aholi uchun zamonaviy dam olish, hordiq chiqarish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi maskan bo‘lishi ko‘zda tutilgan.